Skip to content
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi
№ Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan sana
Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan Buyurtmachining nomi (buyurtmachining nomi) nomidan Faoliyatini belgilovchi hujjat asosida ish koʻruvchi (ustav, nizom, ishonchnoma) Raxbarining F.I.O. bir tomondan va (rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi) keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan Pudratchining nomi (yuridik shaxsning nomi) nomidan Faoliyatini belgilovchi hujjat (ustav, nizom, ishonchnoma) asosida ish koʻruvchi Raxbarining F.I.O(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi) ikkinchi tomondan Obyekt nomi (obyektning nomi) obyektni foydalanishga tayyor holda qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.
I. Tariflar
1. Mazkur shartnomada quyidagi tariflar qoʻllaniladi:
ijro hujjatlari – naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan oʻzgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi yozuvlar bilan birgalikda obyekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va oʻrnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qoʻllanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ayrim masʼuliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
qurilish maydoni – mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi.
Obyektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qoʻyiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qoʻyiladi;
vaqtinchalik inshootlar – Pudratchi tomonidan qurilish maydonida oʻrnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
berkitiladigan ishlar – sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin boʻlmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
shartnoma narxini boʻlib chiqish – ishlarning har bir bosqichi va/yoki turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma boʻyicha obyektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.
II. Shartnoma mavzusi
2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga Loyiha nomi (loyihaning nomi) loyihada koʻzda tutilgan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish boʻyicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
III. Shartnoma boʻyicha ishlar qiymati
3. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining qarori (Tender komissyasi qarori sanasidagi Bayonnoma raqami-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarni oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda Shartnoma qiymati (summa yozuv bilan) ni tashkil etadi.
4. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
qurilish qiymatini koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab boʻlganda;
ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda;
obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda.
5. Qurilish muddati bir yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda, sanab oʻtilgan oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
IV. Pudratchining majburiyatlari
7. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi mazkur shartnomaning II boʻlimida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga Tegishli ilova raqami -ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda oʻzining kuchlari va/yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
Tegishli ilova raqami-ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash;
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
Buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili toʻgʻrisida xabardor qilish;
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, oʻtqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlar bajarilishini taʼminlash, shuningdek yoritish chiroqlari oʻrnatish;
qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish;
mazkur shartnoma boʻyicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini oʻziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan boʻshatish;
qurilish maydoni qoʻriqlanishini taʼminlash;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
8. Pudratchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha ishlarning oʻz kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida toʻliq mulkiy javob beradi.
V. Buyurtmachining majburiyatlari
9. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnomaga Tegishli ilova raqami-ilovaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli boʻlgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallangungacha boʻlgan davrda dalolatnoma boʻyicha Pudratchiga berish;
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni taʼminlash;
Pudratchining barcha murojaatlarini oʻn kun muddatda koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
moliyalashtirish jadvaliga binoan Pudratchiga Tegishli ilova raqami-ilovaga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida Pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan ijro hujjatlari roʻyxatini taqdim etish;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi.
VI. Ishlarni bajarish muddatlari
10. Shartnoma:
milliy valyuta “soʻmda” oʻzaro hisob-kitob qilinganda – tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab;
keyinchalik EAVga konvertatsiya qilgan holda milliy valyutada “soʻmda” oʻzaro hisob-kitob qilinganda – shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans toʻlovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
12. Tanlov savdolari natijasi boʻyicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan eʼtiboran Qurilish muddati kunni tashkil etadi.
13. Mazkur shartnoma boʻyicha ishlar ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Toʻlovlar va hisob-kitoblar
14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma boʻyicha ishlar umumiy joriy qiymatining Beriladigan avans miqdori foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga Beriladigan avansning umumiy qiymatdagi foizi foizdan) boʻlgan holda avans oʻtkazadi, bu soʻmni tashkil etadi.
15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi ( –ilova).
16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining Moliyalashning umumiy summaga nisbatan maksimal foizi foizigacha doirasida amalga oshiriladi.
17. Obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan Qurilish tugallangandan keyin ikki bosqichda toʻlanadigan miqdor foizi uchun Buyurtmachi va Pudratchi oʻrtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda;
obyekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab Obyekt qabul qilingandan keyin birinchi bosqichda toʻlanadigan miqdor oy mobaynida — ishlar qiymatining kamida Obyekt qabul qilingandan keyin birinchi bosqichda toʻlanadigan miqdor oy mobaynida — ishlar qiymatining kamida Obyekt qabul qilingandan keyin ikkinchi bosqichda toʻlanadigan miqdor foizi miqdorida;mazkur shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom boʻlgandan keyin-ishlar qiymatining Kafolat muddati tugagandan keyin toʻlanadigan miqdor keyin-ishlar qiymatining foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi.
18. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma boʻyicha obyektga mulk huquqini oʻzida saqlab qoladi. Obyekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yoʻq qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida boʻladi.
19. Buyurtmachi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashdan ozod qilinmaydi.
VIII. Ishlarni bajarish
20. Buyurtmachi qurilish maydonida oʻz vakilini – texnik auditorni tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davri mobaynida ishlarning barcha turlari bilan toʻsiqsiz tanishish huquqiga egadir.
22. Pudratchi texnik auditorni ishlash uchun joy bilan taʼminlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan oʻtkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalarni hal qilish boʻyicha yigʻilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI boʻlimida koʻrsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan oʻz rejasi va jadvaliga binoan obyektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
24. Pudratchi obyektda ishlarni olib borish tartibini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
25. Qurilish maydonida umumiy tartibni taʼminlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.
27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda qurilish maydonini belgilash boʻyicha ishlarni bajarish va obyektni privyazka qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan obyektning toʻgʻri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek balandlik belgilari, oʻlchamlari va boʻlish oʻqlarining muvofiqligi toʻgʻri joylashganligi uchun javob beradi.
Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan boʻlish va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa, Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni oʻz hisobidan kiritadi.
29. Pudratchi geodeziya boʻlish ishlarida oʻrnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarining joylashishi sxemalari va jadvallarini saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachiga beradi.
30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
31. Pudratchi oʻzi tomonidan qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va tizimlar sifati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan spetsifikatsiyalarga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq boʻlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʻlishini kafolatlaydi.
32. Alohida masʼuliyatli konstruksiyalar va berkitiladigan ishlar tayyor boʻlishiga qarab ularni qabul qilish boshlanishidan Obyektni topshirish haqida xabardor qilish muddati kun oldin Pudratchi Buyurtmachini va “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan masʼul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdigʻisiz bajarilgan boʻlsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan boʻlsa, yoki kechikib xabardor qilingan boʻlsa, u holda uning talabi boʻyicha Pudratchi Buyurtmachining koʻrsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini oʻz hisobidan ochishga, soʻngra esa uni tiklashga majburdir.
Pudratchi Buyurtmachining manfaatlariga jiddiy taʼsir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga taʼsir etmaganligini isbotlasa javobgar hisoblanmaydi.
36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa, u holda Pudratchi oʻz kuchlari bilan va qurilish qiymatini koʻpaytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini taʼminlash uchun kelishilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 34-bandining ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatlarda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga toʻlaydi.
37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash koʻcha polosasini, shu jumladan yoʻl uchastkalari va yoʻlaklarni supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydondan qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallangungacha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarning borishi, Buyurtmachi va Pudratchining oʻzaro munosabatlarida ahamiyatga ega boʻlgan hollar va holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom boʻlishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi, oʻtkazilgan sinovlar, materiallar oʻz vaqtida yetkazib berilmasligi bilan bogʻliq toʻxtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurilishni tugallashning uzil-kesil muddatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlar) aks ettiriladi.
Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida oʻz fikrini bayon qiladi.
Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda koʻrsatilgan kamchiliklarni Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
IX. Ishlarni qoʻriqlash
39. Pudratchi ishlar boshlanishidan qurilish tugallangungacha va qurilishi tugallangan obyekt Buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingunga qadar chetlari toʻsilgan qurilish maydoni hududida materiallar, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
40. Tiklangan binolar va imoratlar, shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk obyekt qabul qilib olinganidan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.
X. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari
41. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
42. Agar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan koʻp vaqtga choʻzilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar koʻrilishini muhokama qiladilar.
43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
XI. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish
44. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda boʻlgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
45. Obyektlar ularning foydalanishga tayyorligi toʻgʻrisida Pudratchining yozma bildirishnomasi Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab Obyektni qabul qilish muddati kun mobaynida qabul qilib olinadi.
46. Pudratchi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish boshlanishidan Hujjatlarni taqdim etish muddati kun oldin mazkur shartnomaning V boʻlimiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilangan tarkibda ikki nusxada ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar toʻplami amalda bajarilgan ishlarga toʻliq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.
XII. Kafolatlar
48. Pudratchi:
barcha ishlar toʻliq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
loyiha hujjatlariga hamda qurilish meʼyorlari, qoidalari va texnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni bajarish sifatini;
oʻzi tomonidan qurilish uchun qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan sertifikatsiyalarga, texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiqligini;
ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf qilishni;
obyektdan foydalanilganda muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
49. Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolatli muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida Obyektni ichki tizimi kafolat muddati oy etib belgilanadi. Obyekt tomining kafolatli muddati kamida Obyektni tom qismi kafolat muddati oy etib belgilanadi.
50. Agar obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning oʻz hisobidan bartaraf etiladi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar Pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada koʻrsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII boʻlimida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar koʻrsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish “Davarxitektqurilishnazorat” organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala boʻyicha iqtisodiy sudga murojaat qilishini istisno etmaydi.
XIII. Shartnomani bekor qilish
52. Buyurtmachi:
shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Pudratchi tomonidan bir oydan koʻp vaqtga kechiktirilganda;
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga koʻpaygan holda, Pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish meʼyorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
53. Pudratchi:
ishlarning bajarilishi Pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qoʻshma qaroriga koʻra tugallanmagan qurilish bir oy muddatda Buyurtmachiga beriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga toʻlaydi.
55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur boʻlim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlaydi.
57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi
58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:
ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda koʻrsatilgan oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganligi, oʻz vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Buyurtmachi tomonidan toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining Buyurtmachi tomonidan toʻlanadigna penyaning maksimal miqdori foizidan oshmasligi lozim.
Penya toʻlanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga oʻzi tasdiqlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning Buyurtmachi tomonidan toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
61. Pudratchi obyektni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Pudratchi tomonidan toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining Pudratchi tomonidan toʻlanadigna penyaning maksimal miqdori foizidan oshmasligi lozim.
Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining Pudratchi tomonidan toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining Pudratchi tomonidan toʻlanadigna penyaning maksimal miqdori foizidan oshmasligi kerak.
Penya toʻlash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ish hujjatlariga muvofiq boʻlmasa, u holda Buyurtmachi “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq toʻlashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada boʻlmagan ishlar qiymatining Pudratchi tomonidan toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima undirish huquqiga ega.
63. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
64. Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
XV. Nizolarni hal etish tartibi
65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo boʻladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
XVI. Alohida shartlar
66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʻlgan tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʻzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʻzaro kelishuvlari oʻz kuchini yoʻqotadi.
67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega boʻlmaydi.
68. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
69. Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
70. Agar Pudratchi shartnoma boʻyicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida oʻziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga haq toʻlashni kechiktirishga haqlidir.
71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi.
72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan Shartnoma nusxalari soni nusxada tuzildi.
XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
Buyurtmachi: |
Pudratchi: |
Buyurtmachi haqidagi maʼlumotlar, imzo va muhr M.Oʻ. (imzo) |
Pudratchi haqidagi maʼlumotlar, imzo va muhr M.Oʻ. (imzo) |
Вазирлар Маҳкамасининг
2003 йил 12 сентябрдаги
395-сон қарорига
3-ИЛОВА
Объектларни фойдаланишга тайёр ҳолда қуришга доир
НАМУНАВИЙ ПУДРАТ ШАРТНОМАСИ
№ 200__ йил » «__________
Кейинги ўринларда «Буюртмачи» деб юритиладиган ________________
________________________________________________________________
(буюртмачининг номи)
номидан _____________________________________ асосида иш кўрувчи
(устав, низом, ишончнома)
________________________________________________ бир томондан ва
(раҳбарнинг фамилияси, исми, отасининг исми)
кейинги ўринларда «Пудратчи» деб юритиладиган __________________
(юридик шахснинг номи)
номидан ________________________________________________________
(устав, низом, ишончнома)
асосида иш кўрувчи _____________________________________________
(раҳбарнинг фамилияси, исми, отасининг исми)
иккинчи томондан_______________________________________________
(объектнинг номи)
объектни фойдаланишга тайёр ҳолда қуришга доир
мазкур пудрат шартномасини туздилар.
I. ТАРИФЛАР
1. Мазкур шартномада қуйидаги тарифлар қўлланилади:
ижро ҳужжатлари — натурада бажарилган ишлар ёки ишларни бажариш учун масъул бўлган шахслар томонидан уларга киритилган ўзгаришларнинг ушбу ишчи чизмаларга мувофиқлиги тўғрисидаги ёзувлар билан биргаликда объект қурилишига ишчи чизмалар туркуми, сертификатлар, техник паспортлар ва ўрнатилган асбоб-ускуналарнинг сифатини ва ишларни бажаришда қўлланилган материаллар, конструкциялар ва деталларнинг сифатини тасдиқловчи бошқа ҳужжатлар, беркитиладиган ишлар тасдиқланганлиги тўғрисидаги далолатномалар, айрим масъулиятли конструкциялар оралиқ даврда қабул қилиниши тўғрисидаги далолатномалар, монтаж қилинган асбоб-ускуналарнинг якка тартибдаги синови тўғрисидаги далолатномалар, ишларни бажариш дафтарлари ҳамда қурилиш нормалари ва қоидаларида назарда тутилган бошқа ҳужжатлар;
қурилиш майдони — мазкур шартнома (контракт) доирасида барча ишларни бажариш даврида далолатнома бўйича Буюртмачи томонидан Пудратчига берилган ер участкаси. Объектнинг қурилиш майдони чегараси ажратиб қўйилади ёки бош режага мувофиқ белгиланадиган бошқа белгилар билан белгилаб қўйилади;
вақтинчалик иншоотлар — Пудратчи томонидан қурилиш майдонида ўрнатиладиган ва ишларни бажариш учун зарур бўлган ҳар қандай типдаги вақтинчалик бинолар ва иншоотлар;
беркитиладиган ишлар — сифати ва аниқлигини кейинги ишлар бажарилгандан кейин аниқлаш мумкин бўлмаган кейинчалик бажариладиган ишлар ва конструкциялар билан беркитиладиган ишлар;
шартнома нархини бўлиб чиқиш — ишларнинг ҳар бир босқичи ва/ёки турлари қийматини аниқ белгилаган ҳолда шартнома бўйича объектнинг умумий қийматини босқичларга тақсимлаш.
II. ШАРТНОМА МАВЗУСИ
2. Пудратчи мазкур шартнома шартларига ___________________________
___________________________________________________________________
(лойиҳанинг номи)
лойиҳада кўзда тутилган объектни фойдаланишга тайёр ҳолда қуриш бўйича қурилиш ишларини бажариш мажбуриятини олади, Буюртмачи эса Пудратчига қурилиш ишларини бажариш учун зарур шароитлар яратиш, уларни қабул қилиш ва тўловни амалга ошириш мажбуриятини олади.
III. ШАРТНОМА БЎЙИЧА ИШЛАР ҚИЙМАТИ
3. Мазкур шартнома бўйича Пудратчи томонидан бажарилган, танлов савдоси (тендер) натижасида аниқланган ва тендер комиссиясининг қарори (200__ йил «___»_______даги ___-сон баённома) билан тасдиқланган ишлар қиймати барча солиқлар, йиғимлар ва ажратмаларни ўз ичига олган ҳолда жорий нархларда________________________________________________________
(сумма ёзув билан)
ни ташкил этади.
4. Ишлар қиймати узил-кесил ҳисобланади ва кейинчалик қайта кўриб чиқилиши мумкин эмас, қуйидаги ҳоллар бундан мустасно:
қурилиш қийматини кўпайтиришга енгиб бўлмайдиган куч (форс-мажор) ҳолатлари сабаб бўлганда;
ишлар ҳажми Буюртмачи томонидан ўзгартирилганда;
объектнинг қурилиши бир йилдан ортиққа ўзгартирилганда.
5. Қурилиш муддати бир йилдан ортиқ бўлганда иккинчи йилга ва кейинги йилларга шартномавий нархларни аниқлаштириш қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда амалга оширилади.
6. Тегишли асослар мавжуд бўлганда, санаб ўтилган ўзгаришлар Буюртмачи билан Пудратчи ўртасидаги шартномага қўшимча битим билан расмийлаштирилади.
IV. ПУДРАТЧИНИНГ МАЖБУРИЯТЛАРИ
7. Мазкур шартнома бўйича Пудратчи мазкур шартноманинг II бўлимида назарда тутилган ишларни бажариш учун:
барча ишларни мазкур шартномада ҳамда унга __- иловага мувофиқ ишларни бажариш жадвалида назарда тутилган ҳажмда ва муддатларда ўзининг кучлари ва/ёки жалб қилинган кучлар билан бажариш ҳамда ишни Буюртмачига мазкур шартнома шартларига мувофиқ топшириш;
__- иловага мувофиқ қурилиш майдонига зарур қурилиш материаллари, буюмлар, конструкциялар, асбоб-ускуналар ва бутловчи буюмлар, қурилиш техникасини етказиб бериш, уларни қабул қилиш, тушириш, омборга жойлаш ва сақлаш;
қурилиш майдони ҳудудида вақтинчалик иншоотлар қуриш;
Буюртмачини пудрат шартномалари тузилиши давомида субпудратчилар билан шартномалар тузилиши, шартнома мавзуси, субпудратчининг номи ва манзили тўғрисида хабардор қилиш;
қурилиш майдонида техника хавфсизлиги, ишларни бажариш вақтида атроф муҳитни, ўтқазилган дарахтларни ва ер участкасини муҳофаза қилиш бўйича зарур тадбирлар бажарилишини таъминлаш, шунингдек ёритиш чироқлари ўрнатиш;
қурилиш таваккалчиликларини суғурта қилиш;
мазкур шартнома бўйича объектни фойдаланишга қабул қилиб олиш тўғрисидаги далолатнома имзоланган кундан бошлаб бир ой муддатда қурилиш майдонини ўзига тегишли қурилиш машиналари ва асбоб-ускуналари, транспорт воситалари, анжомлар, приборлар, инвентарлар, қурилиш материаллари, буюмлар, конструкциялар ҳамда вақтинчалик бинолардан бўшатиш;
қурилиш майдони қўриқланишини таъминлаш;
мазкур шартномада назарда тутилган барча мажбуриятларни тўлиқ ҳажмда бажариш мажбуриятини ўз зиммасига олади.
8. Пудратчи мазкур шартнома бўйича барча ишларнинг ўз кучлари билан ва субпудратчилар томонидан зарур тарзда бажарилиши ҳамда объектнинг фойдаланишга тайёр ҳолда топширилиши учун Буюртмачи олдида тўлиқ мулкий жавоб беради.
V. БУЮРТМАЧИНИНГ МАЖБУРИЯТЛАРИ
9. Мазкур шартномани бажариш учун Буюртмачи:
мазкур шартнома имзоланган кундан бошлаб уч кун муддатда мазкур шартномага __- иловага мувофиқ ишларни бажариш учун яроқли бўлган қурилиш майдонини объект қурилиши ва қурилиш тугаллангунгача бўлган даврда далолатнома бўйича Пудратчига бериш;
ишлар бажарилиши устидан доимий архитектура-қурилиш назоратини ва мазкур шартномада қайд этилган Пудратчи томонидан қабул қилинган мажбуриятлар ва бошқа функцияларга риоя этилишини назорат қилиш, Пудратчидан тугалланган ишларни қабул қилиб олишни таъминлаш;
Пудратчининг барча мурожаатларини ўн кун муддатда кўриб чиқиш ва қарор қабул қилиш;
молиялаштириш жадвалига биноан Пудратчига ___-иловага мувофиқ аванс бериш ва жорий молиялаштиришни амалга ошириш;
мазкур шартнома имзоланган кундан бошлаб 2 ой давомида Пудратчига ишларни қабул қилиш учун зарур бўлган ижро ҳужжатлари рўйхатини тақдим этиш;
мазкур шартномада назарда тутилган мажбуриятларни тўлиқ ҳажмда бажариш мажбуриятини олади;
VI. ИШЛАРНИ БАЖАРИШ МУДДАТЛАРИ
10. Шартнома:
миллий валюта «сўмда» ўзаро ҳисоб-китоб қилинганда — томонлар уни имзолаган пайтдан бошлаб;
кейинчалик ЭАВга конвертация қилган ҳолда миллий валютада «сўмда» ўзаро ҳисоб-китоб қилинганда — шартнома қонун ҳужжатларига мувофиқ рўйхатдан ўтказилгандан кейин кучга киради.
11. Пудратчи мазкур шартномага илова қилинадиган молиялаштириш жадвалига мувофиқ биринчи аванс тўлови тушган кундан бошлаб ишларни бажаришга киришади.
12. Танлов савдолари натижаси бўйича аниқланган қурилишнинг давом этиш вақти ишлар бошланган кундан эътиборан ____ кунни ташкил этади.
13. Мазкур шартнома бўйича ишлар ишларни бажариш жадвалига мувофиқ амалга оширилади.
VII. ТЎЛОВЛАР ВА ҲИСОБ-КИТОБЛАР
14. Буюртмачи Пудратчига шартнома бўйича ишлар умумий жорий қийматининг 30 фоизи миқдорида, икки ойга тенг улушларга (ойига 15 фоиздан) бўлган ҳолда аванс ўтказади, бу _____________сўмни ташкил этади.
15. Буюртмачи томонидан Пудратчига аванс бериш ва жорий молиялаштириш учун молиялаштириш ва ишларни бажариш жадваллари асос ҳисобланади ( -илова).
16. Жорий молиялаштириш бажарилган ишлар сифати текширилгандан кейин, берилган авансни ҳисобга олган ҳолда, ишларни бажариш ва молиялаштириш жадвалларига мувофиқ объектнинг умумий шартномавий жорий қийматининг 50 фоизигача доирасида амалга оширилади.
17. Объектнинг шартномавий жорий қийматининг қолган 50 фоизи учун Буюртмачи ва Пудратчи ўртасидаги узил-кесил ҳисоб-китоб қурилиш тугаллангандан кейин ва объект қабул комиссияси томонидан белгиланган тартибда қабул қилингандан кейин икки босқичда;
объект қабул комиссияси томонидан қабул қилинган кундан бошлаб бир ой мобайнида — ишлар қийматининг камида 45 фоизи миқдорида;
мазкур шартномада белгиланган кафолатли муддат тамом бўлгандан кейин — ишлар қийматининг 5 фоизигача миқдорида, бироқ молия йили тугамасдан амалга оширилади.
18. Пудратчи объект фойдаланишга топширилгунга қадар мазкур шартнома бўйича объектга мулк ҳуқуқини ўзида сақлаб қолади. Объект Буюртмачига топширилгунга қадар объектнинг тасодифий йўқ қилиниши ва шикастланиши хавфи Пудратчининг зиммасида бўлади.
19. Буюртмачи мазкур шартнома бўйича ўз зиммасига қабул қилган мажбуриятларни шартнома кучга кирган кундан бошлаб ўттиз кун мобайнида бажармаган тақдирда, Пудратчи бу ҳақда қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда Буюртмачини ёзма равишда хабардор қилган ҳолда, шартномага ўзгартиришлар киритиш ёки шартномани бир томонлама тартибда бекор қилиш ҳуқуқига эгадир. Бунда Буюртмачи Пудратчи томонидан бажарилган ишлар учун ҳақ тўлашдан озод қилинмайди.
VIII. ИШЛАРНИ БАЖАРИШ
20. Буюртмачи қурилиш майдонида ўз вакилини — техник аудиторни тайинлайди, у Буюртмачининг номидан бажарилаётган ишлар сифати устидан техник назоратни амалга оширади, шунингдек Пудратчи томонидан фойдаланиладиган материаллар ва асбоб-ускуналарнинг шартнома шартларига ва иш ҳужжатларига мувофиқлигини текширади.
21. Техник аудитор ишлар бажарилишининг ва шартноманинг бутун даври мобайнида ишларнинг барча турлари билан тўсиқсиз танишиш ҳуқуқига эгадир.
22. Пудратчи техник аудиторни ишлаш учун жой билан таъминлайди. Техник аудитор Пудратчи томонидан ўтказиладиган қурилиш майдонида ишларни амалга ошириш чоғида пайдо бўлувчи масалаларни ҳал қилиш бўйича йиғилишларда мунтазам равишда қатнашади.
23. Пудратчи ишларни бажариш лойиҳасига ва мазкур шартноманинг VI бўлимида кўрсатилган муддатлар билан мувофиқлаштирилган ўз режаси ва жадвалига биноан объектда ишларни бажаришни мустақил равишда ташкил этади.
24. Пудратчи объектда ишларни олиб бориш тартибини давлат архитектура-қурилиш назорати органлари билан келишади ва унга риоя этилиши учун қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда жавоб беради.
25. Қурилиш майдонида умумий тартибни таъминлаш Пудратчининг вазифаси ҳисобланади.
26. Буюртмачи қурилиш майдонини бериш тўғрисидаги далолатнома билан бир вақтда Пудратчига ортиқча тупроқ ва қурилиш ахлатини жойлаштириш ва етишмаётган тупроқни қазиб олиш учун жой ажратиш тўғрисидаги ҳужжатларни беради.
27. Буюртмачи қурилиш майдонини бериш тўғрисидаги далолатнома имзоланган кундан бошлаб уч кун муддатда қурилиш майдонини белгилаш бўйича ишларни бажариш ва объектни привязка қилиш учун Пудратчига геодезия нуқталари, уларнинг координатлари ва баландлик белгиларини тақдим этади.
28. Пудратчи геодезия нуқталарига, линиялар ва даражаларга нисбатан объектнинг тўғри ва зарур тарзда белгиланиши, шунингдек баландлик белгилари, ўлчамлари ва бўлиш ўқларининг мувофиқлиги тўғри жойлашганлиги учун жавоб беради.
Агар ишларни бажариш жараёнида амалга оширилган бўлиш ва геодезия ишларида хатолар аниқланса, Пудратчи Буюртмачи билан келишган ҳолда тегишли тузатишларни ўз ҳисобидан киритади.
29. Пудратчи геодезия бўлиш ишларида ўрнатиладиган координатлар ва баландликлар, геодезия белгиларининг жойлашиши схемалари ва жадвалларини сақлайди, ишларни бажариш даврида ва улар тугаллангандан кейин уларни далолатнома бўйича Буюртмачига беради.
30. Қурилиш майдонида ишларни бажариш даврида коммуникацияларни вақтинча улашни ва улаш нуқталарида янгидан қурилган коммуникацияларни улашни Пудратчи амалга оширади.
31. Пудратчи ўзи томонидан қурилишда қўлланиладиган қурилиш материаллари, асбоб-ускуналар ва бутловчи буюмлар, конструкциялар ва тизимлар сифати лойиҳа ҳужжатларида кўрсатилган спецификацияларга, техник регламентларга ёки стандартларга мувофиқ бўлишини ҳамда уларнинг сифатини тасдиқловчи тегишли сертификатларга, техник паспортларга ёки бошқа ҳужжатларга эга бўлишини кафолатлайди.
32. Алоҳида масъулиятли конструкциялар ва беркитиладиган ишлар тайёр бўлишига қараб уларни қабул қилиш бошланишидан 2 кун олдин Пудратчи Буюртмачини ва «Давархитектқурилишназорат» инспекциясини ёзма равишда хабардор қилади.
33. Қабул қилинадиган конструкциялар ва ишларнинг тайёрлиги Буюртмачи ва Пудратчи томонидан масъул конструкцияларни оралиқ қабул қилиш далолатномалари ҳамда уларнинг «Давархитектқурилишназорат» инспекцияси билан келишган шартларида беркитиладиган ишлар текшируви далолатномалари билан тасдиқланади.
34. Пудратчи Буюртмачининг ишларни бажариш дафтарига киритилган ёзма рухсатномасидан кейингина кейинги ишларни бажаришга киришади.
35. Агар беркитиладиган ишлар Буюртмачининг тасдиғисиз бажарилган бўлса ёки у бу ҳақда хабардор қилинмаган бўлса, ёки кечикиб хабардор қилинган бўлса, у ҳолда унинг талаби бўйича Пудратчи Буюртмачининг кўрсатмасига мувофиқ беркитиладиган ишларнинг исталган қисмини ўз ҳисобидан очишга, сўнгра эса уни тиклашга мажбурдир.
Пудратчи Буюртмачининг манфаатларига жиддий таъсир қилмайдиган иш ҳужжатларидан майда четга чиқишларни Буюртмачининг розилигисиз амалга оширса, у агар буларнинг қурилиш сифатига таъсир этмаганлигини исботласа жавобгар ҳисобланмайди.
36. Агар Буюртмачи Пудратчи ва (ёки) унинг субпудратчилари томонидан ишларнинг сифатсиз бажарилганлигини аниқласа, у ҳолда Пудратчи ўз кучлари билан ва қурилиш қийматини кўпайтирмасдан ушбу ишларни уларнинг зарур сифатини таъминлаш учун келишилган муддатда қайта бажаришга мажбурдир, ушбу шартнома 34-бандининг иккинчи хат бошида кўрсатилган ҳоллар бундан мустасно.
Агар Пудратчи сифатсиз бажарилган ишларни келишилган муддатларда тузата олмаса, Пудратчи уларни тузатишнинг кечикиши оқибатида етказилган зарарларни Буюртмачига тўлайди.
37. Пудратчи қурилиш майдонини ва унга туташ кўча полосасини, шу жумладан йўл участкалари ва йўлакларни супуриб-сидиради ва озода сақлайди, қурилиш даврида майдондан қурилиш ахлатини Буюртмачи томонидан кўрсатилган жойга чиқариб ташлайди.
38. Ишлар бошланган пайтдан бошлаб улар тугаллангунгача Пудратчи ишларни бажариш дафтарини юритади. Дафтарда бутун ишларнинг бориши, Буюртмачи ва Пудратчининг ўзаро муносабатларида аҳамиятга эга бўлган ҳоллар ва ҳолатлар (ишларнинг бошланиши ва тамом бўлиши санаси, материаллар, асбоб-ускуналар берилиши, хизматлар кўрсатилиши санаси, ишларнинг қабул қилиб олиниши, ўтказилган синовлар, материаллар ўз вақтида етказиб берилмаслиги билан боғлиқ тўхтаб қолишлар, қурилиш техникасининг ишдан чиқиши тўғрисидаги маълумотлар, шунингдек қурилишни тугаллашнинг узил-кесил муддатига таъсир қилиши мумкин бўлган барча маълумотлар) акс эттирилади.
Агар Буюртмачи ишларнинг бориши ва сифатидан ёки Пудратчининг қайдларидан қониқмаса, у ҳолда ишларни бажариш дафтарида ўз фикрини баён қилади.
Пудратчи дафтарда Буюртмачи томонидан асосли равишда кўрсатилган камчиликларни 3 кун муддатда бартараф этиш чора-тадбирларини кўриш мажбуриятини ўз зиммасига олади.
IX. ИШЛАРНИ ҚЎРИҚЛАШ
39. Пудратчи ишлар бошланишидан қурилиш тугаллангунгача ва қурилиши тугалланган объект Буюртмачи томонидан қабул қилиб олингунга қадар четлари тўсилган қурилиш майдони ҳудудида материаллар, асбоб-ускуналар, қурилиш техникаси ва бошқа мол-мулк зарур даражада қўриқланишини таъминлайди.
40. Тикланган бинолар ва иморатлар, шунингдек материаллар, асбоб-ускуналар ва бошқа мол-мулк объект қабул қилиб олинганидан кейин сақланиши учун Буюртмачи жавоб беради.
X. ЕНГИБ БЎЛМАЙДИГАН КУЧ
(ФОРС-МАЖОР) ҲОЛАТЛАРИ
41. Агар ушбу шартнома бўйича мажбуриятлар қисман ёки тўлиқ бажарилмаслиги табиат ҳодисалари ва бошқа енгиб бўлмайдиган куч ҳолатлари натижасида келиб чиқса ва агар бу ҳолатлар мазкур шартноманинг бажарилишига бевосита таъсир этса, томонлар бундай қисман ёки тўлиқ бажармаслик учун жавобгарликдан озод этиладилар.
Мазкур шартнома бўйича мажбуриятларни бажариш муддати енгиб бўлмайдиган куч ҳолатлари амал қилган, шунингдек ушбу ҳолатлар юзага келтирган вақтга мутаносиб равишда узайтирилади.
42. Агар енгиб бўлмайдиган куч ҳолатлари ёки уларнинг оқибатлари бир ойдан кўп вақтга чўзилса, у ҳолда Пудратчи ва Буюртмачи ишларни давом эттириш ёки уларни консервация қилиш учун қандай чоралар кўрилишини муҳокама қиладилар.
43. Агар томонлар икки ой ичида келиша олмасалар, у ҳолда томонларнинг ҳар бири шартнома бекор қилинишини талаб қилишга ҳақлидир.
XI. ҚУРИЛИШИ ТУГАЛЛАНГАН
ОБЪЕКТНИ ҚАБУЛ ҚИЛИБ ОЛИШ
44. Қурилиши тугалланган объектни қабул қилиб олиш шартномани имзолаш санасида амалда бўлган белгиланган тартибга мувофиқ мазкур шартномада назарда тутилган барча мажбуриятлар томонлар тарафидан бажарилгандан кейин, шунингдек қурилиши тугалланган объектларни фойдаланишга қабул қилиб олишнинг белгиланган қоидаларига биноан амалга оширилади.
45. Объектлар уларнинг фойдаланишга тайёрлиги тўғрисида Пудратчининг ёзма билдиришномаси Буюртмачи томонидан олинган кундан бошлаб ___кун мобайнида қабул қилиб олинади.
46. Пудратчи қурилиши тугалланган объектни қабул қилиб олиш бошланишидан 5 кун олдин мазкур шартноманинг V бўлимига мувофиқ Буюртмачига Буюртмачи томонидан белгиланган таркибда икки нусхада ижро ҳужжатларини беради. Пудратчи Буюртмачига ушбу ҳужжатлар тўплами амалда бажарилган ишларга тўлиқ мос келишини ёзма равишда тасдиқлаши керак.
47. Қабул қилиб олинган пайтдан бошлаб объект Буюртмачининг мулкига айланади.
XII. КАФОЛАТЛАР
48. Пудратчи:
барча ишлар тўлиқ ҳажмда ва мазкур шартнома шартларида белгиланган муддатларда бажарилишини;
лойиҳа ҳужжатларига ҳамда қурилиш меъёрлари, қоидалари ва техник шартларига мувофиқ барча ишларни бажариш сифатини;
ўзи томонидан қурилиш учун қўлланиладиган қурилиш материаллари, асбоб-ускуналар ва бутловчи буюмлар, конструкция ва тизимлар сифатини, уларнинг лойиҳа ҳужжатларида кўрсатилган сертификацияларга, техник регламентлар ёки стандартларга мувофиқлигини;
ишларни қабул қилиш ва объектдан фойдаланишнинг кафолатли даврида аниқланган камчиликлар ва нуқсонларни ўз вақтида бартараф қилишни;
объектдан фойдаланилганда муҳандислик тизимлари ва ускуналарнинг фойдаланиш қоидаларига мувофиқлигини кафолатлайди.
49. Объект ва унга кирадиган муҳандислик тизимлари, асбоб-ускуналар, материаллардан фойдаланиш ва ишларнинг кафолатли муддати томонлар қурилиши тугалланган объектни қабул қилиб олиш тўғрисидаги далолатномани имзолаган кундан бошлаб камида ___ ой этиб белгиланади. Объект томининг кафолатли муддати камида ___ ой этиб белгиланади.
50. Агар объектдан фойдаланишнинг кафолатли даврида аниқланиб, улар бартараф этилгунга қадар фойдаланишни давом эттириш имконини бермайдиган нуқсонлар аниқланса, у ҳолда кафолат муддати нуқсонларни бартараф этиш даврига узайтирилади. Нуқсонлар Пудратчи томонидан унинг ўз ҳисобидан бартараф этилади.
Мавжуд нуқсонлар ва уларни бартараф этиш муддатлари Пудратчи ва Буюртмачининг икки томонлама далолатномасида қайд этилади.
Агар Пудратчи бажарилган ишлардаги нуқсонлар ва чала ишларни, жумладан ускуналарнинг камчиликларини далолатномада кўрсатилган муддат ичида бартараф этмаса, у ҳолда Буюртмачи мазкур шартноманинг VII бўлимида назарда тутилган кафолат суммасини Пудратчидан ушлаб қолиш ҳуқуқига эга.
51. Пудратчи нуқсонлар ва чала ишлар кўрсатилган далолатномани тузишдан ёки имзолашдан бош тортган тақдирда, уларни текшириб чиқиш «Давархитектқурилишназорат» органлари томонидан амалга оширилади, бу томонларнинг ушбу масала бўйича иқтисодий судга мурожаат қилишини истисно этмайди.
XIII. ШАРТНОМАНИ БЕКОР ҚИЛИШ
52. Буюртмачи:
шартнома кучга киргандан кейин қурилишнинг бошланиши Буюртмачига боғлиқ бўлмаган сабабларга кўра Пудратчи томонидан бир ойдан кўп вақтга кечиктирилганда;
ишларни тугатишнинг мазкур шартномада белгиланган муддати Пудратчининг айби билан бир ойдан ортиқ муддатга кўпайган ҳолда, Пудратчи томонидан ишларни бажариш жадвалига риоя этилмаганда;
Пудратчи томонидан шартнома шартлари қурилиш меъёрлари ва қоидаларида назарда тутилган ишларнинг сифати пасайишига олиб келадиган даражада бузилганда;
қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа асослар бўйича шартноманинг бекор қилинишини талаб қилиш ҳуқуқига эга.
53. Пудратчи:
ишларнинг бажарилиши Пудратчига боғлиқ бўлмаган сабабларга кўра Буюртмачи томонидан бир ойдан ортиқ муддатга тўхтатиб қўйилганда;
Буюртмачи томонидан молиялаштириш шартлари бажарилмаганда;
қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа асослар бўйича шартноманинг бекор қилинишини талаб қилиш ҳуқуқига эга.
54. Шартнома бекор қилинганда Буюртмачи ва Пудратчининг қўшма қарорига кўра тугалланмаган қурилиш бир ой муддатда Буюртмачига берилади, Буюртмачи бажарилган ишлар қийматини Пудратчига тўлайди.
55. Мазкур шартномани бекор қилишга қарор қилган томон мазкур бўлим қоидасига мувофиқ иккинчи томонга ёзма билдиришнома юборади.
56. Шартнома бекор қилинган тақдирда айбдор томон иккинчи томонга етказилган зарарни, шу жумладан бой берилган фойдани тўлайди.
57. Шартноманинг бир томонлама бекор қилинишига йўл қўйилмайди, қонун ҳужжатларида ёки мазкур шартномада назарда тутилган ҳоллар бундан мустасно.
XIV. ТОМОНЛАРНИНГ МУЛКИЙ ЖАВОБГАРЛИГИ
58. Томонлардан бири шартнома мажбуриятларини бажармаган ёки зарур даражада бажармаган тақдирда айбдор томон:
иккинчи томонга етказилган зарарларни қоплайди;
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексида, «Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг шартномавий-ҳуқуқий базаси тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунида, бошқа қонун ҳужжатларида ҳамда мазкур шартномада назарда тутилган тартибда бошқача жавобгарликка тортилади.
59. Мазкур шартномага тегишли иловаларда кўрсатилган ўз мажбуриятларига риоя қилмаганлиги, ўз вақтида молиялаштирмаганлиги ва шартномада белгиланган бошқа мажбуриятларни бузганлиги учун Буюртмачи Пудратчига кечиктирилган ҳар бир кун учун мажбуриятларнинг бажарилмаган қисмининг ___фоизи миқдорида пеня тўлайди, бунда пенянинг умумий суммаси бажарилмаган ишлар ёки кўрсатилмаган хизматлар қийматининг ___фоизидан ошмаслиги лозим.
Пеня тўланиши Буюртмачини шартнома шартлари бузилиши туфайли етказилган зарарни қоплашдан озод қилмайди.
60. Шартномага мувофиқ бажарилган ишлар ҳажмини тасдиқлашдан асоссиз равишда бош тортганлиги учун Буюртмачи Пудратчига ўзи тасдиқлашни рад этган ёки бош тортган сумманинг ___фоизи миқдорида жарима тўлайди.
61. Пудратчи объектни ўз вақтида ишга тушириш бўйича ўз мажбуриятларини бузганлиги учун Буюртмачига муддати ўтказиб юборилган ҳар бир кун учун мажбуриятларнинг бажарилмаган қисмининг ___фоизи миқдорида пеня тўлайди, бироқ бунда пенянинг умумий суммаси объект шартномавий жорий қийматининг ___фоизидан ошмаслиги лозим.
Буюртмачи томонидан топилга нуқсонлар ва качиликлар ўз вақтида бартараф этилмагани учун Пудратчи буюртмачига муддати ўтказиб юборилган ҳар бир кун учун сифатсиз бажарилган ишлар қийматининг ___ фоизи миқдорида пеня тўлайди, бунда пенянинг умумий суммаси сифатсиз бажарилган ишлар қийматининг __ фоизидан ошмаслиги керак.
Пеня тўлаш Пудратчини ишларни бажаришнинг ёки хизматлар кўрсатишнинг кечикиши туфайли етказилган зарарларни қоплашдан озод қилмайди.
62. Агар бажарилган ишлар сифати белгиланган стандартларга, қурилиш меъёрлари ва қоидаларига, иш ҳужжатларига мувофиқ бўлмаса, у ҳолда Буюртмачи «Давархитектқурилишназорат» инспекциясининг хулосаси асосида объектни қабул қилиш ва унинг учун ҳақ тўлашдан бош тортиши, шунингдек Пудратчидан сифати зарур даражада бўлмаган ишлар қийматининг ___фоизи миқдорида жарима ундириш ҳуқуқига эга.
63. Шартнома бўйича мажбуриятлар бажарилмаганлиги учун мазкур моддада назарда тутилган жазолардан ташқари шартномани бузган томон иккинчи томонга бошқа томон тарафидан қилинган харажатларда, мол-мулкнинг йўқотилиши ёки шикастланишида, шу жумладан бой берилган фойдада ифодаланадиган пеня билан қопланмаган зарарларни қоплайди.
64. Муддат ўтказиб юборилганлиги ёки мажбуриятларнинг бошқача тарзда зарур даражада бажарилмаганлиги учун пеня тўлаш томонларни ушбу мажбуриятларни бажаришдан озод қилмайди.
XV. НИЗОЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ТАРТИБИ
65. Шартномани бажаришда ва бекор қилишда шунингдек етказилган зарарларни қоплашда пайдо бўладиган низоли масалаларни томонлар ҳал этолмаса улар қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда иқтисодий суд томонидан кўриб чиқилади.
XVII. АЛОҲИДА ШАРТЛАР
66. Мазкур шартнома имзолангандан кейин, мазкур шартномага тегишли бўлган томонлар ўртасидаги барча олдинги ёзма ва оғзаки битимлар, ёзишмалар, томонларнинг ўзаро келишувлари ўз кучини йўқотади.
67. Пудратчи қурилиш объектига ёки унинг алоҳида қисмларига тегишли иш ҳужжатларини Буюртмачининг ёзма рухсатисиз, субпудратчилардан ташқари, бирон-бир учинчи томонга сотиш ёки бериш ҳуқуқига эга бўлмайди.
68. Мазкур шартномага барча ўзгартириш ва қўшимчалар, агар улар ёзма шаклда расмийлаштирилган ва томонлар уларни имзолашган бўлса, ҳақиқий ҳисобланади.
69. Буюртмачи билан Пудратчи ўртасидаги мазкур шартномадан келиб чиқмайдиган янги мажбуриятлар пайдо бўлишига олиб келадиган ҳар қандай аҳдлашувни томонлар мазкур шартномага қўшимчалар ёки ўзгартиришлар шаклида ёзма равишда тасдиқлаши керак.
70. Агар Пудратчи шартнома бўйича ишлар якунлангандан кейин қурилиш майдонида ўзига тегишли мол-мулкни қолдирса, у ҳолда Буюртмачи Пудратчи қурилиш майдонини озод қилиш санасигача бажарилган ишлар учун унга ҳақ тўлашни кечиктиришга ҳақлидир.
71. Мазкур шартномада назарда тутилмаган бошқа барча ҳоллар учун амалдаги қонун ҳужжатлари нормалари қўлланилади.
72. Мазкур шартнома бир хил юридик кучга эга бўлган ____ нусхада тузилди.
XVII. ТОМОНЛАРНИНГ БАНК РЕКВИЗИТЛАРИ
ВА ЮРИДИК МАНЗИЛЛАРИ:
Буюртмачи: |
Пудратчи: |
М.Ў. (имзо) |
М.Ў. (имзо) |
Юридик хизмат ёки жалб қилинган адвокат хулосаси:
Пудрат шартномасига илова қилинадиган ҳужжатлар рўйхати:
1. Буюртмачи ва Пудратчининг кафиллиги.
2. Ишларни (босқичларга бўлган ҳолда) молиялаштириш жадвали.
3. Ишларни бажариш ва асбоб-ускуналарни ўрнатиш жадвали.
Изоҳ: Ҳудудий (республика) ғазначилик ҳисоб рақамларидан фойдаланган ҳолда Давлат бюджетининг ғазначилик ижроси билан қамраб олинган минтақалар учун буюртмачининг банк реквизитлари ўрнига унинг ғазначилик реквизитлари кўрсатилади.
Пудрат шартномаси. Маиший пудрат шартномаси
Yuklangan vaqt:
20.09.2019
Ko’chirishlar soni:
0
Hajmi:
75.6806640625 KB
Ko’chirib olish